Kun tarixi: “Chelsi” 115 yoshda. 1 funtga sotilgan jamoa haqida siz bilmagan faktlar!

6 karra Angliya chempioni, 8 marta Angliya kubogi va 5 marotaba Futbol ligasi kubogi sohibi “Chelsi” futbol klubiga 1905-yil 10-martda asos solingan. “Chelsi” muxlislar orasida shuhratga ega bo‘lib ulgurgan bo‘lsa-da, klub tashkil etilganligining birinchi 50 yilligida hech qanday muhim g‘alabaga erisha olmagan.

Omadni ushbu klubga, ular 2-o‘rinni egallagan Angliya kubogi olib keldi. Hozirgi kunda “Chelsi” UEFA Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan, UEFA kubogining ikki marta qo‘lga kiritgan, UEFA Yevropa ligasi va UEFA superkubogi sohibidir.

Shuningdek, ikkita asosiy Yevrokubokni bir vaqtning o‘zida qo‘lga kiritgan yagona klub hisoblanadi.Qiziqarli ma’lumotlar“Chelsi” birinchi tashkil qilingan paytlarida “Pensioner Chelsi” nomi ostida faoliyat ko‘rsatgan. Keyin 1952-yilda menejer Ted Dreyk jamoa gerbini o‘zgartiradi va undan “pensioner” nomini ham olib tashlaydi.

Shundan so‘ng ular muvaffaqiyatga erisha boshlaydi.1971-yil “Chelsi” “Jeness Otsharaj” klubi bilan bo‘lgan o‘yinda 21:0 hisobida g‘olib bo‘ladi. O‘sha kundan buyon ushbu hisob butun Yevropa musobaqalari bo‘yicha yagona yirik g‘alaba hisoblanadi.1982-yil “Chelsi” jiddiy moliyaviy inqirozda bo‘lib, o‘yinchilarga oylik bera olmasdi. Shunda biznesmen Ken Beyts klubning 1,5 million funt sterling qarzini o‘z bo‘yniga olgan holda “Chelsi”ni atigi 1 funtga sotib oladi. 2003-yilda klub yana iqtisodiy inqirozga duch keladi.

Shunda klub kutilmaganda uning 80 million funt sterling miqdorda qarzni o‘z bo‘yniga olgan Roman Abramovichga 60 mln. funtga sotiladi. Shundan keyin klub yana o‘zini tiklab oladi va bugungi kunda eng ko‘p daromad keltiradigan klublar safida 8-o‘rinni egallab turibdi. 2017-yil 8-iyunda “Forbes” jurnali klubni 1,845 milliard dollarga baholagan.

1997-yil 9-aprelda Premyer Liganing “Koventri”ga qarshi mehmonlik uchrashuvida o‘yinga begona formada chiqishgan. Gap shundaki, “Chelsi”ning mehmonlik uchrashuvida kiyiladigan formalari o‘z yurtida qolib ketgan bo‘ladi. Shunda ularda faqat ikkita variant bor edi: “Koventri” jamoasining formasida chiqish yoki o‘yindan chetlatilish. Ular, albatta, birinchi variantga rozi bo‘lishgan, ammo baribir 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lishgan.