«Manchester Yunayted» 72 million evrolik transferni amalga oshirishga tayyor

«Manchester Yunayted» «Lion» forvardi Mussa Dembeleni o’z tarkibiga qo’shib olmoqchi.

Manchesterliklar 23 yoshli franciyalik o’yinchining transferi uchun 72 million evro to’lashga tayyorlar. Transferga shaxsan «qizil iblislar» bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher qiziqish bildirmoqda.

Dembele uchun shuningdek Londonning «CHelsi» klubi ham davogar. Franciyalik futbolchi joriy mavsum ichki chempionatda 26ta o’yinda maydonga tushib, 16ta gol va 2ta assist qayd etgan.