Ana xolos! «Yuventus» rahbariyati muxlislarga pullarini qaytarib bermoqchi emas!

Xabaringiz bor Italiyada koronaviruv epidemiyasi tarqalgani sabab mamlakatdagi barcha ommaviy tadbirlar va sport musobaqalari bekor qilindi.

A Seriyaning 26-turidan o‘rin olgan “Yuventus” va “Inter” bahsi esa tomoshabinlarsiz o‘tkaziladigan bo‘ldi.La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha Turin klubi rahbariyati garchi uchrashuv tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi e’lon qilingan bo‘lsada, ushbu o‘yinga chiptalarni xarid qilgan muxlislarga pullarini qaytarib berishni rad etdi.

“Yuve” ushbu o‘yin chiptalaridan 3 mln evro ishlab olgani aytilmoqda. Ma’lumot uchun, ayni damda Italiyada 270 nafar inson koronavirusga chalingan va ularnig 10 ga yaqini vafot etgan. Butun dunyoda esa ushbu epidemiyaga 80 ming inson chalingani aytilmoqda.