Shahzoda Erling va qoyilmaqom “Atalanta”. Evrohaftalikning top-10 voqeasi

O‘tgan hafta Evropa Chempionlar Ligasi hamda Evropa kubogi doirasida bir qator voqealar yuz berdi. Shu haqda to‘xtalib o‘tamiz.

“Arsenal” yana yutqazmadi

2020 yil bo‘yicha top-5 likda faqatgina uchta jamoa hali mag‘lubiyat nimaligini bilgani yo‘q. “Latsio” Italiya Kubogida mag‘lubiyatga uchradi, “Yuventus”da omadsizliklar bo‘ldi. “Real” va “Barselona” ham yutqazdi. “Manchester Siti” haqida esa gapirmasa ham bo‘ladi. “PSJ” va “Liverpul” shu hafta Chempionlar Ligasida mag‘lubiyat ta’mini tatib ko‘rishdi. Bor-yo‘g‘i uchta jamoa – “Verona”, “Bavariya” va “Arsenal” yutqazgani yo‘q. Arteta “Olimpiakos”ni mehmonda engganidan so‘ng mag‘lubiyatsiz seriya 9 taga etdi.

  1. Cherishev o‘z jamoasida rekord qayd etdi

Faqatgina g‘oliblar haqida gapirilmaydi, futbolda shaxsiy yutuqlar ham tilga olinadi. Ispaniyaning “Valensiya”si “Atalanta”dan to‘rtta gol o‘tqazib yuborishdi. Agarda Cherishevning zarbasi bo‘lmaganda, javob o‘yini o‘z ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lardi. Rossiyalik futbolchi “Valensiya”da rekord qayd etdi – jamoaning tarixida hech bir futbolchi Chempionlar Ligasi musobaqasida zahiradan maydonga tushib, ikki daqiqa ichida gol urmagan edi. Bir paytlar Soldado zahiradan maydonga tushganidan to‘rt daqiqa o‘tib “Bursaspor” darvozasini ishg‘ol qilgan edi. Denisga esa ikki daqiqa etarli bo‘ldi.

  1. Londondagi o‘yinni darvozabonlar qutqarib qoldi.

“Atletiko” va “Liverpul” o‘yinida atigi bitta seyv qayd etildi – Alisson Morataning zarbasini qaytardi. Parijda esa Byurki ikkita zarbani qaytargan bo‘lsa, Navas bitta seyv amalga oshirdi. O‘sha o‘yin haqida gapirilganda, Xoland birinchi eslanishi mumkin, yoki eng yaxshi futbolchilar deya Xakimi, Vitsellar tan olishini mumkin, ammo darvozabonlar emas. Milanda Gollini uch marta “Atalanta”ni qutqarganini aytib o‘tishimiz mumkin. Lekin hech birini Loris va Gulachi ikkalasi qayd etgan 10 ta seyvga taqqoslab bo‘lmaydi. Lorisga “o‘yinning eng yaxshi futbolchisi” sovrini topshirildi. Gulachi esa UEFA ramziy jamoasiga kiritildi. Loris “shporlar”ning kambek qilishi uchun imkoniyatni saqlab qoldi.

  1. Jerrard kambek qilishni unutmagan

66 daqiqagacha Jerrardning jamoasi “Braga”ga 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrayotgan edi. Keyin esa Yanis Xadjining dubli va Ariboning goli “Reyndjers”ga g‘alabani taqdim etdi. Jerrard qishda “Genk”ning hujumkor yarim himoyachisini jamoaga taklif etib to‘g‘ri ish qilgan. Angliyalik mutaxassisning faoliyatida yana bitta kambek bor endi. Stiven futbolchilik faoliyatida ham “Liverpul”ga “Olimpiakos” va “Milan”ga qarshi o‘yinlarda kambek qilishda yordam bergan edi. Endi esa murabbiy sifatida kambekka erishdi.

  1. Umumiy natijalar xursand qildi

Chempionlar Ligasining birinchi o‘yinlari o‘rtacha statistikasi — har bir o‘yinga 2,5 ta gol to‘g‘ri keladi (bu uchun “Atalanta”ga rahmat), Evropa Ligasida esa – har bir o‘yinga 2,75 tadan gol to‘g‘ri kelyapti. Javob o‘yinlari yanada shiddatli tus oladi.

Xolandning dubli, Jotaning xet-trigi , Xadjini ham dubl qayd etganini aytib o‘tdik, bu erda esa Lyakazetning g‘alaba golini kiritganini eslatib o‘tmoqchimiz, Kamada “Zaltsburg”ga uchta gol urdi, “Real”ga qarshi o‘yinda dublga erishgan “Bryugge” futbolchisi Dennis bu safar “MYu”ni “xafa qildi”, lekin Marsyal “Qizil iblislar”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Lukaku Evropa Ligasining ketma-ket oltinchi o‘yinida gol uryapti, “Roma”dagi Karlos Peres esa “Gent”ga g‘alaba golini kiritdi. Hujumchilar bizni zeriktirib qo‘yishmadi.

  1. Jota xet-triklar davomchisi

Evrop Ligasi tarixida bir mavsumda bir nechta xet-trikni qayd etgan futbolchilar juda kam. 2010/2011 yilgi mavsumda Falkao “Portu” safida 3 ta xet-trikni amalga oshirgan edi. Kelasi mavsumda esa “Shalke” futbolchisi Xuntelar 2 ta xet-trik qayd etdi. Ketma-ket ikki o‘yinda, “Vitoriya” va “Tvente” darvozasiga uchtadan gol kiritgan edi. “Roma” hujumchisi Jeko esa ketma-ket bo‘lmasa-da, 2 ta o‘yinda xet-trik qayd etgandi. Keyinchalik “Lokomotiv” futbolchisi Manuel Fernandesh shunday natija ko‘rsatgan. Nihoyat, yana bir futbolchi ular safiga kirdi. “Vulverxempton” hujumchisi Jota oxirgi 2 o‘yinda 6 ta gol urdi. “Beshiktosh” va “Espanol”ga qarshi o‘yinlarda xet-trik qayd etdi.

  1. “Liverpul” Madridda yutqazdi

Simeone Madridda ishlay boshlaganidan so‘ng, “Atletiko”ning himoyaviy o‘yini hech kimga yangilik bo‘lmay qoldi. Dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri Oblak har doim jamoasini muqarrar gollardan qutqarar edi. Bu safar esa unday bo‘lmadi. “Liverpul” Yan darvozasiga biror marotaba aniq zarba bera olmadi. Felipe va Savich yuqori darajada o‘yin ko‘rsatishdi. Kloppning taktikasi o‘xshamadi. Simeone esa durrang uchun harakat qilayotgan edi. Saul buni xohlamadi va “Liverpul” darvozasiga gol urdi. “Liverpul” Angliyada boshqacha o‘yin namoyish qilishini bilamiz. “Atletiko” ham mehmondagi bahslarda ehtiyotkor o‘ynashni biladi.

  1. “Xetafe”dan sensatsion natija

“Ayaks” “Yuventus” va “Real”ni Chempionlar Ligasidan chiqarib yubora olgan. Lekin “Xetafe”dan 2 ta gol o‘tkazib yubordi. Gollandiyaliklar evrokuboklarning mehmondagi bahslarida oxirgi marta 2017 yil 24 avgustida yutqazgan edi. O‘shanda “Rusenborg” “Ayaks”ni o‘z uyida mag‘lub etib Evropa Ligasi saralash bahslaridan chiqarib yuborgan edi. Keyin esa gollandiyaliklar Grats, Kiev, Myunxen, Lissabon, Afina, Madrid, Turin,Londonga borishdi. Birortasida hatto durrang qayd etmadi. Faqatgina g‘alaba qozonayotgan edi. Lekin “Xetafe” bu ro‘yxatni davom etishini istamadi.

  1. Xoland Mbappega “dars o‘tdi”

Dyugarri to‘g‘ri gapirdi, Kilian agarda Erlingdek taassurot qoldirsa, “Oltin to‘p”ni oladi. Norvegiyalik hujumchi butun boshli “PSJ”ga saboq bera oldi. Dortmunddagi o‘yinda Xoland ikkita golni Navas darvozasiga joylab qo‘ydi. Ammo bu o‘yinda intriga saqlanib turibdi. Axir, Neymar mehmonda gol urdi. Parijda esa “Borussiya”ga qiyin bo‘ladi.

  1. “Atalanta” Evropani hayratga soldi

Xuddi “Xetafe” singari “Atalanta” ham evrohaftalikda sensatsion natija qayd etdi. Yosip Ilichich, Gomes, Xatebur, De Ron kabi futbolchilar ideal o‘yin o‘tkazishdi va “Valensiya” ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. “Atalanta” jamoasi so‘zsiz hafta qahramoni. Gasperini jamoasi bu bilan to‘xtab qolmasdan o‘z ustida yana va yana ishlashi kerak.