Messionare! Bugun Kamp-Nou da «O’zga sayyoralik» dirijerlik qildi! Bu fantastika!

Hozirgina Ispaniya La Ligasi 25-turidan o‘rin olgan «Barselona» hamda «Eybar» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi.

«Kamp Nou» stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 5:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Lionel Messi to‘rtta, Artur esa 1 ta gol kiritishga erishdi.

Shu tariqa, kataloniyaliklar hisobidagi ochkolar soni 55 taga etdi va jamoa 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Real» hisobida esa 53 ochko mavjud. Qayd etish joiz, madridliklar soat 01:00 da «Levante»ga qarshi maydonda sarf tortishadi.