Bunaqasini ko‘rmagansiz! Turkiyalik futbolchi 5 daqiqa ichida 2 ta penaltini ura olmadi (video)

«Gaziantepspor» klubi hujumchisi Muxammet Demir Turkiya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan «Rizespor»ga (2:0) qarshi o‘yinda 5 daqiqa ichida 2 ta penaltini ura olmadi.

Birinchi vaziyatda to‘p darvoza ustuniga tekkan bo‘lsa, keyingisida to‘p darvoza yuqorisidan o‘tib ketdi.

Biroq, uchrashuv Demir jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.