«Manchester Yunayted» klubining narxi elon qilindi!

«Manchester Yunayted»ga egalik qiluvchi Gleyzerlar oilasi klubni sotib oluvchi ehtimoliy xaridorlar uchun narx belgilashdi.

Agar kimdir MYUni sotib olmoqchi bo’lsa, Gleyzerlar oilasiga 2,4 milliard funt to’lashiga to’g’ri keladi.

Moliyachilarning hisob-kitobiga ko’ra, dunyodagi atigi 20 nafar odam xarid uchun etarlicha kapitalga ega va klubni sotib olishi mumkin.

SHu bilan birga ehtimoliy xaridor klubni sotib olganidan so’ng «Old Trafford»ni tamirlashiga to’g’ri keladi. Bu esa 200 million funtga tushishi mumkin.

Eslatib o’tamiz, Gleyzerlar «Manchester Yunayted»ni 2005 yilda 790 million funt evaziga sotib olishgan edi.