«Real» tovon puli 100 million evro bo’lgan o’yinchini o’z safiga qo’shib olmoqchi!

«Valensiya» xavbeki Ferran Torres «Real» qiziqishlariga sabab bo’lmoqda.

«Qaymoqranglilar»ga 19 yoshli ispaniyalik futbolchining o’yinlari maqul kelmoqda, shu sababdan klub «Yuventus» bilan «ko’rshapalaklar» futbolchisi uchun kurashishga tayyor.

Eslatib o’tamiz, Torresning tovon puli 100 million evroni tashkil etadi.

Ispaniyalik xavbek joriy mavsum La Ligada 21ta o’yinda maydonga tushib, 4ta gol va 4ta assist qayd etgan.