Dunyo sportida cheksiz qayg’u… Afsonaviy basketbolchi Kobi Brayant vertolyot qulashi natijasida halok bo‘ldi (FOTO)

TMZning ma’lum qilishicha, «Leykers»ning afsonaviy o‘yinchisi, Afsonaviy basketbolchi Kobi Brayant va uning 13 yoshli qizi vertolyot halokati narijasida halok bo‘ldi.

Halokat Kaliforniya shtatining Kalabasas shaharchasida ro‘y bergan. Fojeaning sababi tekshirilmoqda. Xabarga ko‘ra, vertolyotda umumiy 5 ta inson bo‘lgan.

Dunyo sport afsonalari bu qayg’uli yo’qotishga munosabat bildirmoqda.

Maykl Jordan Brayantni o‘z ukasidek yaxshi ko‘rganini aytib o‘tdi.

«Chikago» klubining afsonasi Maykl Jordan «Leykers»ning sobiq yulduzi Kobe Brayant xotirasini yod oldi. «Hozirda, me his qilayotgan og‘riqni so‘zlar bilan ifodalab bo‘lmaydi. Men Kobeni yaxshi ko‘rardim, u huddi ukamdek edi,» — dedi Jordan. Eslatib o‘tamiz, Kobe Brayant va uning 13 yoshli qizi Janna Kaliforniyada vertolyot qulashi natijasida halok bo‘lishdi. Ulardan tashqari, vertolyotda yana 3 kishi bo‘lgan va hech kim omon qolmagan.

Neymar uchrashuvdan so‘ng, Brayantni yodga olgani haqida gapirdi. PSJ hujumchisi Neymar urgan golini nima uchun Kobi Brayant xotirasiga ba’gishlaganini aytib o‘tdi.

«Tanaffusda, internetga qaradim va u olamdan o‘tgani haqidagi xabarga guvoh bo‘ldim.Bu butun sport olami uchun cheksiz qayg‘u davri. Faqat basketbol ishqibozlari uchun emas!Men uni bilardim, golimni uning xotirasiga bag‘ishladim,» — dedi Neymar.