UFC. Afsona qaytdi! Konor MakGregor ishtirokidagi jang soniyalar ichida yakunlandi! Exclusive video!

Irlandiyalik MMA jangchisi Konor MakGregor uzoq tanaffusdan so’ng UFCda jang o’tkazdi.Sobiq chempion bu safar amerikalik Donald Serronega qarshi oktagonga chiqdi.

5 raundga mo’ljallangan jang 1-raunddayoq yakunlandi.Konor jangni katta tashabbus bilan boshladi va raqibini yotqizib olgan holda ketma-ket zarbalar berdi.

Shundan keyin hakam 40-soniyada jangni to’xtatishga majbur bo’ldi. Konorning chap oyoqda bergan kuchli va aniq zarbasi Kovboyning mag’lubiyatiga zamin yaratdi.