«U — afsona, lekin men afsonalarning qotiliman!»

Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Denni Garciya yarim o’rta vaznda WBA Super kamari sohibi Menni Pakyaoga qarshi jang qilmoqchi.

“U juda ko’p gapirmoqda, lekin men bilan jang qilishga kelganda, negadir jim. CHunki menga qarshi jang qilishni xohlamayapti. Menni Turmanga qarshi jang qilishdan oldin men bilan jang qilmoqchi edi, lekin shartnomaga kelganda…Menni Pakyao — afsona, lekin men afsonalarning qotiliman”, — dedi Garciya.

Malumot uchun, Garciya navbatdagi jangini 25 yanvar kuni Ivan Redkachga qarshi o’tkazadi.