Ana holos! WBO Tayson Fyuriga Bahodir Jalolov bilan jang qilishni taklif qildi. Fyuri esa… (FOTO)

Bahodir Jalolov va Tayson Fyuri o‘rtasida jang bo‘lishi mumkin.

Superog‘ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri (29-0-1, 20 KO) bugun WBO prezidenti Fransisko Valkarsel tomonidan unga raqib sifatida ko‘rilayotgan Bahodir Jalolov haqida ma’lumotga ega bo‘ldi.

Promouter Lu Dubella «twitter» sahifasidagi xabariga ko‘ra, kompaniya bilan shartnoma imzolagan o‘zbekistonlik kuchli, tezkor va «cheksiz potentsial»ga ega bo‘lgan Bahodir Jalolov (6-0, 6 KO) yaqin kelajakda divizion uchun katta muammolar keltirishini ta’kidladi.

«Biz uni Tayson Fyuri kabi yigitlar bilan ringda ko‘rishni istaymiz,» — dedi WBO rahbari.

Fyuri bunga: «Ha-ha-ha,» — deb javob berib qo‘ydi va boshqa hech qanday izoh qoldirmadi.