«Ko’pchilik Fergyuson Nurmagomedovni mag’lub eta olishiga ishonmoqda»

UFC prezidenti Dana Uayt Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o’rtasida bo’ladigan jang haqida fikr bildirdi.

«Toni o’z ishini qilishda davom etmoqda. U haqli ravishda ushbu jangga ega bo’ldi. Muxlislarning munosabatiga qarab shuni aytish mumkinki, jang yirik va katta ahamiyatga ega bo’ladi. Fanatlar ushbu jangni ko’rishni judayam istamoqdalar. Ko’pchilik Toni Fergyuson Xabibni mag’lub eta olishi mumkinligiga ishonmoqda. Ko’ramiz», — dedi Dana Uayt.

Eslatib o’tamiz, jang 18 aprel kuni Nyu-Yorkda o’tkaziladi.