UFC. Mahmud Muradov ishtirokidagi jang muddatidan oldin yakunlandi

O‘zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Muradov Vashingtonda oktagonga chiqdi.UFCdagi ikkinchi jangida hamyurtimiz mezbon sportchi Trevor Smitga qarshi jang qildi.

Uch raundga mo‘ljallangan jang uchinchi raundda yakuniga yetdi. Mahmud o‘zining kuchli zarbasi bilan raqibini nokaut holatiga tushirdi va UFCdagi ikkinchi g‘alabasiga erishdi.

Zarbadan so‘ng Smitning «kapa»si ham chiqib ketdi va raqib ancha vaqt o‘ziga kela olmadi. Eslatib o‘tamiz, Muradov UFCdagi ilk jangini 28 sentyabr kuni o‘tkazgan va ochkolar hisobiga ko‘ra raqibini mag‘lub etgandi.

Jang videosini tomosha qiling!