Pochettino tez orada APL klubida ish boshlashi mumkin…

Uni yana tumanli albionda olib qolishmoqchi. Yaqindagina “Tottenxem”dan iste’foga chiqarilgan Maurisio Pochettino tez orada yana murabbiylik faoliyatiga qaytishi mumkin.

The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra argentinalik mutaxassisning xizmatlariga «Everton» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Aytish kerakki, bundan avvalroq mersisaydliklar bosh murabbiy Marku Silvani iste’foga chiqarishgan edi.Eslatib o‘tamiz, “Everton” ayni damda APLning o‘tgan 15 ta turidan so‘ng14 ochko to‘plagan holda 18-pog‘onasida bormoqda.