Zinchenko derbida o‘ynashi mumkin, Aguero esa yo‘q

«Manchester Siti» himoyachisi Oleksandr Zinchenko APLning 16-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.

Hujumchi Serxio Aguero esa bahsda ishtirok etmaydi.

«Zinchenko so‘nggi kunlarda umumiy guruhda mashg‘ulot o‘tkazdi. Jismoniy holati bo‘yicha u «MYU» bilan o‘yinga tayyor, ammo necha daqiqa o‘ynashini bilmayman», – deb Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi klubning «tvitter»dagi rasmiy sahifasi.

Eslatib o‘tamiz, Zinchenko tizzasidan olgan jarohati tufayli oktyabr oyidan beri o‘ynamayapti.