UFC da chiqishini boshlagan O’zbek MMA jangchisi Mahmud Muradov taroziga chiqdi + FOTO

Xabaringiz bor, o’zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Muradov 7 dekabr kuni UFCdagi ikkinchi jangini o’tkazadi.

Bugun hamyurtimiz ananaviy tarzda bo’lib o’tadigan vazn o’lchash marosimida ishtirok etdi. Hamyurtimiz belgilangan vazn meyorini bajardi.

Eslatib o’tamiz, Mahmud Muradov UFCdagi ikkinchi jangida amerikalik Trevor Smitga qarshi oktagonga chiqadi.

Malumot uchun, , Mahmud Muradov shu yilning 28 sentyabrida Kopengagenda UFCdagi debyut jangini o’tkazgan va unda italiyalik Alessio di CHirikoni ochkolar evaziga mag’lub etgandi.