Meyvezer va Pakyao o‘rtasida revansh bo‘ladi

Besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer hamda yarim o‘rta vazn WBA kamari sohibi Menni Pakyao o‘rtasida revansh jangi bo‘lib o‘tishi mumkin.Bu haqida Floydning o‘zi ma’lum qildi.»Saudiya Arabistoniga kelganimdan xursandman. Meni iliq kutib olishdi. Katta rahmat. Bu yerga Menni Pakyao qarshi revansh jangini o‘tkazish uchun keldim. Muzokaralar yaxshi o‘tsa revansh bo‘ladi», dedi Floyd.Meyvezer hamda Pakyao o‘rtasidagi dastlabki jang 2015 yilda o‘tkazilgandi, o‘shanda Floyd raqibini okcholar hisobida taslim etgandi.