Tite: «Messini to‘xtatib bo‘lmaydi, uni faqat sekinlashtirish mumkin»

Foto: El País

Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tite Amerika Kubogi yarimfinalidan o‘rin olgan Argentinaga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqida «Tribuna» xabar bermoqda.

«Argentinaliklar jamoa sifatida ham ancha o‘sdi. Jamoani futbolchilarning mahorati kuchaytiradi. Messini to‘xtatib qolishning iloji yo‘q. Uni sekinlashtirish mumkin xolos, ammo to‘liq o‘yindan chiqarish imkonsiz.

Shuningdek, Koutino, Firmino, Villian, David Neresni ham to‘xtatib bo‘lmaydi. Ular qaysidir holatda o‘yin taqdirini hal qilishi mumkin.

Agar muxlislar bizni qo‘llab-quvvatlasa, futbolchilar mamnun bo‘ladi va ularning kuchiga qo‘shimcha kuch qo‘shiladi», – dedi Tite.

Braziliya – Argentina o‘yini 3 iyul kuni tongda, soat 5:30da boshlanadi.