So’ngi qadam… OCHL tarixidagi eng chiroyli gol muallifini aniqlash so‘rovnomasida Ikrom Aliboyev finalga chiqdi

Osiyo futbol konfederasiyasi Osiyo chempionlar ligasi tarixidagi eng chiroyli golni aniqlash bo‘yicha o‘z saytida so‘rovnoma o‘tkazmoqda. Ushbu so‘rovnomada o‘zbekistonlik Ikrom Aliboyevning goli ham qatnashmoqda.

Uning 2018 yil Toshkentning «Lokomotiv» klubi safida «Al-Vahda» darvozasiga maydon markazidan turib kiritgan goli final bosqichiga yo‘l oldi. Endilikda Aliboyevning goli g‘olib bo‘lish uchun eronlik futbolchi Andranik Teymuryanning 2013 yil «Buriram Yunayted» — «Istiqlol» uchrashuvida kiritgan goli bilan bellashadi.