Foto: Sahroyi Kabirda qor yog‘di

4 fevral, yakshanba kuni Afrikaning shimoliy hududi, xususan, Sahroyi Kabirga qor yog‘di. Bu xaqda “Euronews” xabar bermoqda.


Sahroga yaqin Marokash va Jazoir hududlariga deyarli 30 santimetrgacha qor yog‘gan.


37 yil ichida Sahroyi Kabirda bunday hodisa to‘rtinchi marta yuz bermoqda.


Qor bilan qoplangan palmalarning ko‘rinishi Shimoliy Afrika uchun noyob hodisadir.

Ammo bu noyob hodisa uzoq davom etmadi. Quyosh ko‘tarilgach, sahroni qoplagan qorni eritib yubordi.