Butun dunyoning umumiy boyligi qancha ekanini bilasizmi?

2008 yilda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yuz bergandan keyingi 10 yil ichida dunyodagi jami boylik miqdori 30 foizga – 280 trln dollargacha oshdi. Bu haqda Credit Suisse Research Institute tomondan chiqarilgan 2017 Global Wealth Report tadqiqotida ma`lum qilindi.

Oxirgi 12 oy ichida umumiy boylik 6,4 foizga ko’paygan. Bu 2012 yildan beri kuzatilgan eng tez o’sish sur`atidir. Global boylik aholi sonidan tezroq oshgani sabab, sayyoramizning har bir katta yoshli vakiliga to’g’ri keladigan o’rtacha boylik rekord qiymat – 56540 dollarga yetdi.

Bu borada Shimoliy Amerika va xususan AQSh yetakchilik qilmoqda. Bu mintaqa hisobiga 101 trln dollar to’g’ri kelmoqda. Keyingi o’rinda Yevropa (79,6 trln dollar), Osiyo-Tinch okeani (55 trln dollar), Xitoy (23,3 trln dollar), Lotin Amerikasi (7,5 trln dollar), Hindiston (3,1 trln dollar) va Afrika (2,5 trln dollar) kelmoqda.