Gollivud yulduzlari qaysi sport bilan shug‘ullanishlarini bilasizmi?

Shou-biznes vakillari orasida sportning turli yunalishlariga qiziqish ancha ommalashganligi hech kimga sir emas. Ular orasida chiroyli tashqi ko‘rinishni saqlash uchun yoki sog‘liklari uchun foydali bo‘lishi uchun ham sportning biror-bir turi bilan mashg‘ul bo‘lishadi.  Qo‘yidagi esa siz mashhur yulduzlarning qaysi sport turi bilan shug‘ullanishlari bilan tanishishingiz mumkin.

Kim Kardashyan trenajyor zalida shug‘ullanish yoki shaxsiy murabbiyi bilan toza havoda sayr qilishni ma’qul deb biladi U farzand dunyoga keltirgach, kuchli irodasi tufayli sezilarli darajada vazn tashlashga ham erishgan.

Madonnaning juda ko‘p sport turlariga qiziqishini barcha muxlislari yaxshi bilishadi. U ko‘p vaqtini boks ,yoga va shu bilan birga sport zalida shug‘ullanish bilan o‘tkazadi.  U birinchi bor 1996 yil qizi Lordes dunyoga kelgandan so‘ng, yoga bilan shug‘ullanishni boshlagan. Shu kungacha u yoga mashg‘ulotlari va meditatsiya tufayli chiroyli tashqi ko‘rinishda bo‘lishga erishib kelayapti.

Jennifer Lopes ortiqcha vazndan qutulish uchun triatlon sport turi bilan shug‘ullanib kelmokda. Qo‘shiqchining so‘zlariga ko‘ra, u televizor tomosha qilib turib triatlon musobaqasiga ko‘zi tushadi, bir necha daqiqadan so‘ng u xuddi shunday musobaqada qatnashishga qaror qiladi.

Dizayner Viktoriya Bekxem esa har kuni 3 kilometrga yaqin masofaga yuguradi. Shuningdek, shaxsiy murabbiyi bilan sport zalida shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi. Mashhur angliyalik futbolchi
Devid Bekxemning rafiqasi, to‘rt farzandning onasi bo‘lgan Viktoriyaning go‘zal tashqi ko‘rinishidan ham uning sportga bo‘lgan mehrini bilib olish qiyin emas.


Ajoyib va ochiqko‘ngil aktrisa Kameron Dias, kinodagi faoliyatidan tashqari syorfing sport turi bilan professional darajada shug‘ullanadi. U hayotini dengiz va to‘lqinlarsiz taasavvur qila olmaydi. Aktrisa bir necha bor burnini sindirib olgan bo‘lishiga qaramay, sevimli mashg‘ulotidan aslo voz kechmayapti.