Samsung’ning xushxabari hammani hayratga soldi

Samsung 5 dekabrda planshet va smartfonlarga mo‘ljallangan eUFS standartidagi 512 Gb sig‘imli qo‘shimcha xotira kartalarini keyingi yildan ommaviy ishlab chiqarilishini e’lon qildi. Ekspert va oddiy foydalanuvchilar ham bu e’londan hayratda. Ko‘pchilikning fikricha, favqulodda yirik xotiraga ega xotira kartalaridan birinchilardan bo‘lib koreyalik ishlab ishlab chiqaruvchining smartfonlarida foydalanilishi mumkin.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, 2 yil davom etgan ilmiy izlanishlar natijasida gadjetlarga mo‘ljallangan doimiy xotira sig‘imi, nihoyat 2 barobarga oshirilgan.

Samsung rasman xabar tarqatishicha, yangi xotira fleshkasi eng yirik xotira, yuqori darajali samarador faoliyat hamda kam quvvat iste’mol qilishi bilan raqiblaridan yaqqol ustun bo‘ladi.

Shu bilan birga, 512 gigabaytli xotira kartasining hajmi avvalgisi. ya’ni 256 Gb chip modulinikidan farq qilmaydi. Ishlab chiqaruvchi mana shu jajji qurilmaga 8 ta 64-qatlamli V-NAND mikrosxemasini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan.

Bu xotira kartasining ma’lumotni o‘qish tezligi sekundiga 860 MB.ni, shuningdek ma’lumot yozish tezligi sekundiga 255 MB.ni tashkil qiladi. Misol uchun, bu xotira kartasiga 5 gigabaytli, FullHD aniqligidagi videoni bor-yo‘g‘i 6 sekundda yozish mumkin. 512 GB sig‘imli xotira kartasiga 3840×2160 sig‘imli, har biri 10 daqiqalik 130 ta rolik sig‘adi. Taqqoslab ko‘rishingiz uchun aytamiz, 64 Gb doimiy xotiraga ega zamonaviy smartfonlarga xuddi shunday roliklardan faqat 13 tasi sig‘adi.

Bundan tashqari, yangi xotira modulidagi yuqori samaradorlik natijasida u har qanday «nozik» yoki talabchan ilovani ham qo‘llab-quvvatlaydi. Samsung 2018 yildan boshlab 256 Gb va 512 Gb sig‘imli doimiy xotira modullarini ommaviy ishlab chiqaradi va smartfonlarida o‘rnata boshlaydi.