Time jurnali o‘quvchilari yil odamini tanlashdi

Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Al Saud Time jurnali o‘quvchilari tomonidan “2017 – yil odami” deb e’tirof etildi.

Onlayn ravishda o‘tkazilgan so‘rovda 24 foiz o‘quvchilar valiahd shahzoda uchun ovoz berishgan. O‘tgan yili Hindistonning bosh vaziri Narendra Modi ham jurnal o‘quvchilarining tanlovi bo‘yicha “Yil odami” deb e’tirof etilgan bo‘lsada,  Germaniya kansleri Angela Merkel “Yil odami — 2016” unvoni sohibasiga aylangan edi. Chunki, tahririyatning tanlovi o‘quvchilar tanlovidan farq qiladi.

Nashriyot “Yil odami” unvoni sohibi va reyting g‘olibini har yilning 6 dekabr kuni e’lon qiladi.

Tahririyat bu reytingni 1927 yildan beri har yili e’lon qilib keladi.

Ko‘ramiz, bu yil Time jurnali tahririyati kimni “Yil odami” deb e’lon qilar ekan…