Appleda ishlaydiganlar qancha maosh oladi?

Apple oliy toifadagi elektron tovarlar ishlab chiqaruvchi kompaniyaga aylanib bo‘ldi. iPhone X chiqishi bilan kompaniya bu mavqeini yanada mustahkamladi, deyish mumkin.

Qimmatbaho texnika, rekord darajadagi kapitalizatsiya, qimmatli qog‘ozlari narxining bir tekisda oshib borishi birgina savol tug‘diradi: Apple ishchi-xodimlariga qancha maosh to‘laydi?

h1bsalary saytida Apple injenerlarining o‘rtacha maoshi ifodalangan grafik keltirildi.

Shunday qilib, iCloud bilan ishlovchi dasturchi soatiga 55 dollar haq oladi, grafik dizayner esa yiliga 36 ming dollar ishlashi mumkin.

Hamma kompaniyada bo‘lgani kabi bu yerda ham top-menejer mo‘may oylik oladi. Uning ish haqi 300-400 ming dollar orasida.