Markaziy bank xorijiy valyutalarning so’mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

O‘zbekiston Markaziy banki 5 dekabrdan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Bu haqda «Uznews» nashri xabar bermoqda.

O‘tgan haftadagi qiymat bilan solishtirganda dollarning rasmiy kursi 0.45 so‘mga ko‘tarilib, 8096.33 so‘mni tashkil qildi.

Yevroning kursi 44.81 so‘mga tushib, 9608.72 so‘mni tashkil qildi.