Rossiyalik olimlar marjumak po‘stidan uy qurish texnologiyasini o‘ylab topdi

Rossiyaning Primore o‘lkasi universiteti olimlari marjumak (grechixa) po‘stlog‘idan ekologik toza material oldi. Bu material yog‘och va plastik xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan.

Olimlarning fikricha, undan qurilish va pardozlash materiallari ishlab chiqarsa bo‘ladi. Qolaversa, marjumak po‘sti har yili yetishtiriladigan xom ashyo, hozirgacha xalq xo‘jaligida biror amaliy maqsadda ishlatilmagan.

Rossiya Federatsiyasi marjumak yormasi tayyorlash bo‘yicha yetakchi o‘rinlarda turadi.