Olimlar okeanlarda rekord chuqurlikda yashashga qodir baliqqa ta’rif berishdi!

@Naced-science

Bu yangi turdagi baliqlar Mariana botig’ida, 8 000 m chuqurlikda aniqlangan! Unga Pseudoliparis swirei deb nom berishdi. Bu haqda «Naced-Science» jurnali xabar bermoqda. Bundan oldingi «chuqurlik bo’yicha rekordsmen» Pseudoliparis amblystomopsis balig’i bo’lib u 7 703 m chuqurlikda aniqlangandi. Ularda bunday daxshatli chuqurlikda daxshatli bosimga dosh berishga qanday moslashishlar borligi xali aniqlangan emas. Bu baliq aslida 2014 yilda 7 966 m chuqurlikda aniqlangan edi. 2014-2017 yillar davomida bunday baliqlardan jami 37 tasi ushlandi va o’rganilib chiqildi. Ular haqiqatdan ham avval aniqlangan turlardan farqli o’laroq, yangi turdagi baliqlardir. U 10-15 sm uzunlikka ega bo’lib, yarim shafof teri bilan qoplangan va tangachalarini aniqlash qiyin. Tashqaridan ham baliqning ichki a’zolarini bemalol ko’rish mumkin.