AQSh olimlari Yer sayyorasi haqida qo`rqinchli bashorat qilishmoqda

AQSh olimlari zilzilalarni yer aylanishi sekinlashayotgani bilan bog‘ladi. Amerika geologiya jamiyatining yillik kengashida ushbu tadqiqot natijalari keltirildi, deb yozmoqda «Sof».

2018 yilda bir sutkaning davomiyligi millisoniyaga qisqaradi. Bu o‘ta kichik miqdor bo‘lishiga qaramasdan yerning seysmik faolligini qo‘zg‘ash uchun yetarlidir. Ekspertlar 2018 yilda 20ta zilzila yuz berishini bashorat qilmoqda.

Tadqiqot mualliflari 1900 yildan beri sayyoramizning aylanish chastotasi kamayganligi va yer qobig‘ining keng ko‘lamda tebranishi orasida bog‘lanishni aniqlagach, yuqoridagi xulosaga kelgan.

Shuningdek, mutaxassislar yer sekin aylana boshlagach, yirik zilzilalar soni ikki barobarga ortganini ma’lum qilgan.