Rossiya O’zbekistonga neft mahsulotlari yetqazishning sinov bosqichini ishga tushurdi

@Foto: ntv.ru

Rossiyaning «Transneft» kompaniyasi Qozog’iston orqali Omsk-Pavlodar-Chimkent yo’nalishi bo’ylab neft mahsulotini yetqazishni boshladi. Bu haqda «Uznews» nashri xabar berdi.

Kommersant nashrining xabar berishicha, mahsulot tasdiqlangan grafik bo’yicha temir yo’l orqali tashiladi. Tashish hajmi xozircha oyiga 30 ming tonnani tashkil qilmoqda, lekin talabga qarab, sutkasiga 2 ming tonnadan qo’shilishi mumkin (Umumiy hajmi 60 ming tonnagacha).
«Uzbekneftegaz» AJ ning bildirishicha, 2018 yilda tashish hajmi 1 mln tonnagacha yetqazilish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, «Transneft» tashkiloti bildirishicha, bu yo’nalishda yuk tashish texnik imkoniyati 0,5 mln tonnagacha bo’lishi mumkin, chunki Qozog’iston orqali o’tgan quvurlarning asosiy qismi «Rosneft» orqali Xitoyga yetqaziladigan neft bilan band.