Misli ko’rilmagan ixtirolar! Endi dorilarni xam qayerdaligi bilish mumkin!

@Google photos

AQSh oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar ustidan nazorat qilish bo’yicha ma`muriyati tarixda birinchi bor ichiga mikrochip o’rnatilgan dori vositasini sotish uchun ruxsat berdi. Bu haqda Financial Timesga tayanib «Kun» nashri yozmoqda.

Chip Yaponiyaning Otsuka kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariluvchi Abilify preparatiga o’rnatilgan. U turli ruhiy kasalliklarni davolashda qo’llaniladi hamda shizofreniyada belgilanadi. AQShda bu dorini 7 mln. inson qabul qiladi.

Tabletka yutilganidan so’ng chip ma`lumotni bemorning mobil qurilmasiga jo’natadi hamda uning davolovchi shifokoriga avtomatik tarzda yuboradi. Shu tufayli bemorlar dori qabul qilish bo’yicha belgilangan rejimga amal qilmasligiga doir vaziyatning oldini olish imkoni paydo bo’ladi. Bu, o’z navbatida, zamonaviy tibbiyotdagi eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Iddao etilishicha, mikrochiplarga ega tabletkalar faqatgina bemorlar roziligi bilan belgilanadi.

Otsuka’ning Shimoliy Amerikadagi bo’linmasi rahbari Kabir Natxning xabar berishicha, innovatsion preparatlar hozircha cheklangan partiyalarda chiqariladi. Shu bilan birga, u chipli dori oddiysidan qanchalik qimmat turishiga oydinlik kiritmadi.