Boshlandi… Google kishilarni avtomatlashgan ishlarga tayyorlashga 1 mlrd $ sarflaydi

@Google photos

Google butun dunyodagi ishchilarni ko‘plab kasblarning avtomatlashishiga o‘rgatishga tayyorlash uchun 1 milliard dollar sarflaydi. Kompaniya bu haqida o‘z blogida yozib qoldirgan. Bu haqda «LikeIt» xabar bermoqda.

Google 2022-yilning oxirigacha ish topishga yordamlashuvchi va xodimlarning malakasini oshiradigan tashkilotlarga 1 mlrd dollar sarmoya kiritadi. Kompaniya shuningdek, umumiy hajmda million soat davomida tashkilotlar bilan ishlovchi ko‘ngillilarni ham taqdim etadi.

Google foydalanuvchilarga kasbiy mahoratlarini oshirish uchun kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan mahsulot va xizmatlarni o‘zida mujassamlashtirgan Grow with Google loyihasi haqida ham ma’lumot berib o‘tdi.

Grow with Google o‘qituvchi va talabalar, kichik biznes egalari, ish qidiruvchilar va ish beruvchilaruchun mo‘ljallangan o‘quv dasturlari, grantlar hamda xizmatlardan iborat.

Masalan, ish qidiruvchilar uchun bo‘limda Applie Digital Skills o‘quv dasturiga va raqamli texnologiyalar, marketing yoki reklama videokurslaridan tashkil topgan Google Primerilovasiga havolalar berilgan. O‘qituvchilar uchun bo‘limda esa virtual reallik texnologiyasi yordamida ilm o‘rganish imkonini beruvchi ilovalar taklif qilinadi.