Lesedi la Rona olmosi Rekord darajada sotildi!

Britaniyalik zargar Lourens Graff dunyodagi eng yirik 1109 karatli Lesedi la Rona olmosini o‘tgan yilgi narxidan ancha arzonga, ya’ni 53 million dollarga xarid qildi. Bu haqda “Cnbc.com” nashri xabar bermoqda.

Hajmi tennis koptogidek keladigan olmos 2016 yilning iyun oyida Sotheby’s auksioniga qo‘yilgan va xaridorlar uning uchun 61 million dollar taklif qilgan edi.

Lesedi la Rona olmosi 2015 yilda Botsvanada joylashgan kondan topilgan. Lesedi la Rona tsvana tilida “bizning nur” degan ma’noni anglatadi.

“…Men Lesedi la Rona tabiiy go‘zaligida bahra olish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan benihoyat mamnunman”, deb ta’kidlagan Lourens Graff.