Toshkentda MChJ rahbarini 67 ming dollarga tushirib ketishdi

Hozirda birovni aldab, firibgarlik bilan pullarini olib, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborayotganlar ko‘plab uchrab turibdi. Ularga insofni O‘zi bersin.

Xuddi shunday holat Toshkent shahar Shayxontohur tumanida ham sodir bo‘ldi. 2013 yil oktyabr oyidan 2014 yil mart oyiga qadar muqaddam sudlanmagan P.U.B. «Sigma Etelon» MChJ rahbari Sh.R.E.ni aldab, «Xitoydan kafel olib kelib beraman», deb firibgarlik yo‘li bilan 67720 AQSh dollarini olgani va o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgani aniqlandi.

Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-3-a bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.