WBA reytingi. O’zbek bokschlari qaysi o’rinlarni egallab turibdi?

Butunjahon boks associaciyasi (WBA) bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.

Unga ko’ra, reytingdan olti nafar o’zbekistonlik bokschi o’rin olgan. Bu oy bokschilarimizning reytingdagi quyidagicha ko’rinish olgan:

Elon qilingan reytingda Murodjon Ahmadaliev ikkinchi engil vazn toifasida (-55,3 kg) chempion sifatida qayd etilgan. Ahmadaliev shuningdek IBF yo’nalishi chempioni ham hisoblanadi. 

Birinchi yarim o’rta vazn toifasida (-63,5 kg) janglarini olib borayotgan ikki bokschimiz — SHahram G’iyosov olti, SHohjahon Ergashev esa sakkizinchi pog’onani egallab turibdi. 

Birinchi o’rta vazn (-69,85 kg) toifasida Isroil Madrimov esa birinchi o’rinda qayd etilgan.

Ikkinchi o’rta vazn toifasidagi bokschimiz Bektemir Meliqo’ziev (-76,2 kg) esa 14-o’rinda qolgan. U ayni paytda WBA Continental Americas kamari sohibi bo’lib turibdi.  

Yarimog’ir vazn toifasida (-79,3 kg) Rustam To’laganov ham avvalgi oydagi kabi 14-o’rinda qayd etilgan. 

Infografika muallifi: Muxtasar Umarova