Xabib faoliyatidagi eng muhim jangni aytdi!

Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov faoliyatidagi eng muhim jang qaysi bo’lganini malum qildi.

«Eng muhim jang — Konorga qarshi bahs! Biz dunyoga men va jamoam, butun Rossiya yuqori darajada raqobat qila olishi, bizdan ko’plab chempionlar etishib chiqishi mumkinligini isbotladik. O’sha paytda hayot tamomila o’zgardi. 

Bizning jangimizni butun dunyo ko’rdi. Biz futbol bo’yicha JCH-2018 rekordini yangiladik. O’n besh yil oldin vaqti kelib shunday voqea ro’y beradi deyilsa, hech kim ishonmasdi. Biz buni uddaladik. Rekordni bir o’zim yangiladim demoqchi emasman. Makgregor yutqazgan bo’lsa-da, rekordning yangilanishida uning ham xissasi katta edi. Men Konorni taslim bo’lishga majbur qilgandim, — dedi Nurmagomedov Match TV efirida.