«Kusto hayratda»! Messining “Barsa”ga keltirgan foydasi hisoblandi!

“Barselona”dagi kelajagi katta so‘roq ostida turgan Lionel Messi Kataloniya klubidagi faoliyati davomida necha marta samarali harakatlarni amalga oshirgani hisoblab chiqildi. Natija ko‘pchilikni hayratga soldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Messi “Barsa” tarkibida jami 900 ta samarali harakatni amalga oshirgan. Soddaroq qilib aytganda, Leo jamoasining 900 ta golida bevosita ishtirok etgan. Ya’ni, argentinalik hujumchi kataloniyaliklar tarkibida 642 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 258 ta golli pas oshirgan.

Messi bir jamoada ko‘p gol urish bo‘yicha futbol qiroli Pelening rekordini yangilashi kutilmoqda. Braziliyalik hujumchi “Santos” tarkibida 643 ta gol urgan. Messi bu natijani shu mavsumning o‘zida yangilashi mumkin.