Shomurodovga to‘pni oldirib qo‘ygan Ronaldu o‘yindan keyin nima dedi?

Shomurodov to‘p surayotgan “Jenoa” A Seriyaning 11-turida amaldagi chempioni “Yuventus” bilan kuch sinashdi. Italiyaning eng qadimgi jamoasi va eng qudratli klubi o‘rtasidagi bahsda turinliklar 3:1 hisobida zafar quchdi.

Ushbu uchrashuv mehmonlar etakchisi Krishtianu Ronalduning “Yuventus” safidagi 100-o‘yin bo‘ldi. Portugaliyalik hujumchi yubiley uchrashuvda penaltidan ikkita gol urib jamoasi g‘alabasini ta’minladi.

— “Yuventus” tarkibidagi 100-uchrashuvni dubl bilan nishonlashdan yaxshiroq biron nima bo‘lishi mumkinmi? Turin klubida shunday natija qayd etganim bilan faxrlanaman. Menda “Yuventus” uchun 100 ta gol urish istagi paydo bo‘ldi, 

— deb yozadi Ronaldu o‘yindan keyin ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

obzor-matcha-dzhenoa-juventus-bjankoneri-vzjali-3-ochka-ronaldu-provjol-100-j-match-za-komandu-videojpg

Eldor Shormurodov o‘yinga 73-daqiqadan qo‘shildi. O‘zbek futbolchisi ikkinchi qavatdagi kurashlardagi faolligi, jamoadoshiga chiroyli pasi va bir vaziyatda katta tezlikda hujumga o‘tayotgan Ronalduga etib, olib undan to‘pni olib qo‘ygani bilan ko‘zga tashlandi. Hamyurtimiz o‘zini ko‘rsatishi uchun vaqt ham etmadi.