Isroil Madrimovning navbatdagi raqibi va jang sanasi haqida malumotlar paydo bo’ldi

Bokschimiz Isroil Madrimov bundan bir necha kun oldin AQSHga jo’nab ketgandi.

Malumotlarga qaraganda, Isroil Madrimov (5-0, 5 KO) navbatdagi jangini 15 avgust kuni Matchroom tomonidan tashkil etiladigan shou doirasida o’tkazishi mumkin. 

O’sha kuni unga amerikalik Erik Uolker (20-2, 9 KO) raqiblik qilishi kutilmoqda. 

Boxer Tv malumotiga ko’ra, ushbu jang vaqtinchalik WBA chempionligi uchun tashkil etilishi ehtimoli bor.