Roy Jons Taysonga qarshi jang haqida: Taklifga rad javobini bera olmasdim!

Xabar berganimizdek, ikki boks afsonasi Roy Jons va Mayk Tayson o’zaro jang o’tkazish bo’yicha muzokara boshlashgan edi.

Beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Roy Jons Temir Maykka qarshi jang o’tkazilishini tasdiqladi. 

«Ha, bu ayni haqiqat. Tayson — afsona! Men bu taklifga rad javobini bera olmasdim. Bu rostan ham aqlbovar qilmas darajadagi taklif edi. Ochig’i, ringga qaytmoqchi emasdim. Lekin Maykka bo’lgan hurmatim sabab bu jangga rozi bo’ldim. SHuncha bokschi orasida u aynan meni tanladi», — deya Jonsning so’zlarini keltirmoqda Sport-Ekspress.