Messi La Ligadagi shaxsiy rekordini takrorladi

“Barselona” La Liga 33-turi doirasida “Vilyarreal” ustidan 4:1 hisobida g’alaba qozondi.Leo Messi uchrashuvda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Bu Leo uchun La Liga joriy mavsumidagi 19-golli uzatma bo’ldi. Natijada 33 yoshli futbolchi 2014/15 yilgi mavsumdagi rekordini takrorladi.

O’shanda ham Messi La Liga bahslari doirasida 19 ta golga assistentlik qilgandi.Messi joriy mavsum La Ligada 29 ta o’yinda qatnashib, 22 ta gol urdi va 19 ta golga hammuallif bo’ldi.