
Yaxshiboev Belarusda yulduzga aylandi.
Belarusning «Pressbol» nashri odatga ko‘ra, eng foydali futbolchilar reytingini e’lon qilib kelmoqda. E’tiborlisi, «Energetik-BGU» jamoasi safida to‘p tepadigan hamyurtimiz Jasurbek Yaxshiboev ortda qolgan 3 turdan so‘ng mazkur reytingda etakchilik qilmoqda.
3-turning eng foydali futbolchisi deb topilgan «Slutsk» yarim himoyachisi Egor Semenov mazkur reytingning kuchli o‘ntaligidan ham o‘rin olgani yo‘q. Qizig‘i, o‘tgan mavsum mamlakat chempioni bo‘lgan futbolchilar ham ushbu reytingdan o‘rin olmagan.

Ma’lumot uchun, Yaxshiboev Belarus chempionatida 3 uchrashuvda maydonga tushdi va 3 ta to‘p kiritib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.