
Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida uchrashuv bosh hakami Joel Aguilar VAR (hakamning videtakrorlar yordamchisi) tizimi yordamida koreyslar darvozasiga penalti belgiladi. 11 metrli jarima zarbasini esa shvedlar sardori Andreas Grankvist aniq amalga oshirib, Kim Sin Gyu darvozasini ishg‘ol etdi.
Ushbu hisob o‘yin so‘ngiga qadar o‘zgarmay qoldi.
Shu tariqa Shvetsiya o‘z hisobiga 3 ochkoni yozib qo‘ydi va Meksika bilan guruh peshqadamiga aylandi.
JCh-2018
18.06.2018, 17:00
«F» guruhi
Shvetsiya — Janubiy Koreya 1:0
«Nijniy Novgorod stedium»
Bosh hakam: Joel Aguilar
Gol: Grankvist (65-penalti)
Shvetsiya: 1.Robin Olsen, 2.Mikael Lustig, 18.Pontus Yansson, 4.Andreas Grankvist, 6.Lyudvig Augustinsson, 17.Viktor Klayesson, 7.Sebastyan Larsson, 8.Albin Ekdal, 10.Emil Forsberg, 20.Ola Toyvonen, 9.Markus Berg.
Janubiy Koreya: 1.Kim Sin Gyu, 20.Hyun So Jang, 6.Park Ju Xo, 2.Li Yong, 19.Kim Yong Gvon, 16.Ki Son Yon, 15.Vuu Yang Jang, 11.Hi Chan Hvang, 17.Jaye Sung Lii, 7.Son Xyon Min, 9.Kim Shin Vuk.
Ogohlantirishlar: Kim Sin Uk (12).