Germaniyada ikkita poyezd to‘qnashib ketdi(FOTO)

Germaniyaning Vestfaliya viloyatining Shimoliy Vern yeridagi Merbush aholi turar-joy manzilgohida 2 ta poyezd to‘qnashib ketdi. Ulardan biri yo‘lovchi tashuvchi poyezd bo‘lsa, ikkinchisi yuk tashuvchi bo‘lgan.

To‘qnashuv oqibatida 50 ga yaqin kishi jarohatlanganligi aytilmoqda. Bu haqda “Focus” nashri xabar bermoqda.

Yaralanganlarning 41 nafari yengil darajada jarohat olgan bo‘lsa, 3 nafarining ahvoli og‘ir ekanligi ma’lum qilindi.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, poyezd ichida 155 nafar kishi bo‘lgan.