Bog‘bon bir ayolni yoqib yubordi

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga kelib tushgan xabarni o‘rganish maqsadida voqea joyiga borgan IIB xodimlari noma’lum ayolning yarim yongan holatdagi tanasi ustidan chiqishdi deb xabar bermoqda «Qalampir.uz».

IIB xodimlari Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanining Bog‘obod mahallasi hududida ro‘y bergan hodisani o‘rganish ortidan, voqeaga yaqin joydan yoqib yuborilgan noma’lum ayolning kiyimlari, sigaret qoldiqlari va spirtli ichimlikdan bo‘shagan idishlarni topishdi.

Huquq tartibot xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida barmoq izlari va boshqa ashyoviy dalillar to‘plandi.

“Issiq izidan” olib borilgan tadbir natijasini berdi va huquq tartibot idoralari xodimlari jinoyatchilarni shu kunning o‘zida aniqlashdi. Qotillikni sodir etgan yigitlar Qarshi shahar hokimligi qoshidagi Obodonlashtirish markazida bog‘bon bo‘lib ishlovchi E. N. hamda G‘. D. bo‘lib chiqishdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida qotillar tezda qo‘lga olingan.

IIV Jamaotchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ayni paytda ushbu jinoyat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda hamda voqea sabablari o‘rganilmoqda.