Argentinada Messining haykalini yana sindirib ketishdi

Argentina poytaxti Buenos-Ayresda argentinalik hujumchi Lionel Messiga o’rnatilgan haykalga nomalum shaxslar tomonidan zarar etkazildi. Bu haqda Ole nashri xabar bermoqda.

Haykal ikki qismga buzib tashlangan. Vandallar haykalning oyoqlar joylashgan qismidan sindirib ketishdi.

Alohida takidlab o’tish joizki, bunday bezorilik birinchi marta ro’y berayotgani yo’q. 2017 yilning yanvar oyi boshlarida ham vandallar haykalni ikki qismga sindirib ketishgandi. Keyinchalik Messining haykali to’la tamirlandi.