Nyu-Yorkda yana mashinada piyodalarga hujum qilindi

Nyu-Yorkda 3 dekabr kuni avtomobil haydovchisi bir qancha odamlar ustiga hujum qilgani haqida xabar tarqatildi.

Kuins tumani hududida sodir bo‘lgan hodisa yakshanba kuni tonggi 4:45da sodir bo‘lgani aytilmoqda. Ushbu hodisa oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan va uch nafar odam jiddiy jarohatlangan. Ikki nafar jabrlangan shaxslarning hayoti xavf ostida ekani ma’lum qilindi.

Nyu-York politsiyasi jinoyatchi oq rangli yengil mashinada bo‘lganini va voqea joyidan yashiringanini xabar qilgan. Huquqbuzarning mashina bilan odamlarni bosib ketishga urinishni nima sababdan amalga oshirgani noaniqligicha qolmoqda.

Nyu-York shahri politsiyasi hodisa yuzasidan surishtiruvni boshlab yuborgan. Huquq tartibot organi xodimlarining xabariga ko‘ra, mashinada bosib ketish sodir bo‘lgan joyda biroz avvalroq pichoqbozlik sodir etilgan. Pichoqlashuvda ikki odam tan jarohati olgan.

Guvohlarning aytishicha, odamlarni bosib ketgan oq mashina avval bar oldida turgan mashinaga urilgan va shundan so‘ng odamlarni bosib ketgan.

Boshqa bir guvohning aytishicha, mashina piyodalar yo‘lagida katta tezlikda harakatlangan. Mashina tezligi soatiga 80 kilometrni tashkil etgani ma’lum qilingan. Mashina urib yuborganida tanalar havoda uchib ketganini aytib o‘tgan.

Politsiya voqeani terakt sifatida baholamayotgani aytilmoqda.

Avvalroq, Nyu-Yorkda terakt sodir etilgani va 8 kishi hayotdan ko‘z yumganligi haqida xabar bergan edik. Mazkur teraktni amalga oshirganlikda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olingan va u o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov ekanligi ma’lum bo‘lgan edi.