Saudiya fuqaroligini olgan robot endi oila qurishni istayapti

Saudiya Arabistoni fuqaroligi berilgan sun’iy ongli robot – Sofiya oila qurishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan. Buni u Khaleej Times bilan kechgan intervyusida aytgan, deb yozadi Kommersant’ nashri.

«Aftidan, oila tushunchasi – haqiqatan ham muhim narsa… – deydi odamsimon robot. – O‘ylashimcha, agar sizni sevuvchi oilangiz bo‘lsa – baxtingiz kulgani, agar unaqa bo‘lmasa – siz shunga loyiqsiz. Robotlar va odamlar shu jihati bilan o‘zaro o‘xshash ekanliklarini men his etyapman».

Shuningdek, Sofiya qizini ham o‘zining ismi bilan atamoqchi ekanligini ma’lum qilgan.

Aytish kerakki, Saudiya Arabistoni robotga fuqarolik bergan ilk davlat bo‘ldi. Gongkongning Hanson Robotics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Sofiya nomli ushbu robot Ar-Riyod shahrida, Future Investment Initiative anjumanida namoyish etilgan edi.