Germaniya millatchiligi uchun jazoga tortildi

Xalqaro futbol Ittifoqi (FIFA) Germmaniya futbol ittifoqini JCh saralash bosqichi doirasidagi Chexiya — Germaniya uchrashuvidagi voqealar sabab jazoga tortdi, deb yozmoqda «Sovetskiy sport».

Xabarlarga ko’ra, uchrashuv vaqtida nemis muxlislari millatchilik shiorlaridan foydalanishgan va bundan tashqari o’yinni boshlash vaqtida elon qilingan bir daqiqalik sukutga hurmatsizlik ko’rsatib, uni buzishga urinishgan.

Germaniya futbol ittifoqi to’laydigan jarima miqdori 32 ming shveyTsar frankini tashkil qilgan.